Biz haqimizda

Ayol.uz 2002 yil "O‘zbek ayollariga bag‘ishlangan birinchi online elektron jurnal" sifatida o‘z faoliyatini boshladi. Sayt asoschisi Hafiza Nasrulloh saytning maqsadi haqida shunday degan:

Ushbu sayt ezgu maqsadlarni ko‘zlab tashkil etildi.  Unda, eng avvalo, ayolning dunyo sahnida tutgan o‘rni, egallagan mavqei, insoniyat hayotini tashkil etishdagi roli,  uning muqaddas burchi va vazifalari haqida, ayolga o‘tkaziladigan zulm va adolatcizliklarning ayanchli oqibatlari haqida mulohazalar beriladi.  Shuningdek,  o‘zbek ayollari hayotining barcha jabhalari,  ularning muammolari, fazilatlari, orzu-umidlari, hayotiy tajriba va malakalari, diniy va milliy qadriyatlari milliy va umuminsoniy tamoyillar asosida yoritilib boriladi. Ularda ibrat oladigan, o‘rganadigan fazilatlar anchagina, muammolar ham bisyor. Qayerdaki ayol bor ekan, unining muammolari bilan bir qatorda o‘rganishga arzigulik fazilatlari, tajribalari ham mavjud. Biz o‘zbek ayollari muammolarimizni birgalikda baham ko‘rishni, uni yechish yo‘llarini hamjihatlikda hal qilishni, shuningdek, dunyo ayollarining go‘zal fazilatlarini, ilg‘or tajribalarini ixlos bilan o‘rganishni istaymiz. Jurnalimiz Siz bilan bizni yaqinlashtiradi, ezgulik, baxt-iqbol yo‘lida birlashtiradi, fikr-mulohazalarimiz, orzu-umidlarimizni mushtaraklashtiradi, deb umid qilamiz.

Sayt ".Uz" domeni milliy internet-festivalida "Davlat tilidagi eng yaxshi sayt" yo‘nalishida birinchi o‘rinni , 2010 yilda esa "Ayollar va bolalar reproduktiv salomatligi va sog‘lom turmush tarziga bag‘ishlangan eng yaxshi sayt" nominatsiyasi bo‘yicha uchinchi o‘rinni olishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek,  2016 yil Ayol.uz sayti “Sog‘lom ona va bola yili” mazmuniga doir eng yaxshi sayt” nominatsiyasida uchinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi. Loyihaga bog‘liq fikr va takliflarinigiz bo‘lsa biz bilan aloqaga chiqing.


Ayol.uz sahifalari:

Telegram: @uzayol
Facebook: facebook.com/ayol.uz
Instagram: instagram.com/ayol.uz
Twitter: twitter.com/ayol_uz